Fastfud va şu kabi boşqa yoğli taomlarni sevib iste'mol qiluvçi ayollar qolgan nozik jins vakillariga nisbatan taxminan ikki baravar köproq bepuştlikka yöliqişi ma'lum böldi. Human Reproduction jurnali olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

"Bizning avvalgi tadqiqotlarimiz şuni körsatmoqdaki, fastfud tarkibidagi moddalar tuxumdonlar içiga kirib borib, ularning faoliyatini özgartirişi mumkinligi bilan bepuştlikni rivojlantiradi. Boz ustiga, yoğlar, qand moddasi va tuz metabolizmni özgartirişi hamda jinsiy organlarning normal faoliyatiga tösqinlik qilişi mumkin", - dedi Adelaida Universiteti olimi Kler Roberts. 

Sönggi tahlillarga köra, Ğarb mamlakatlaridagi oilaviy juftliklarning taxminan 10-15 foizi er yoki xotinning bepuştligi sabab naslni davom ettirişga qodir emas. Umumiy tasavvurlarga qarşi ölaroq, bepuşt erkaklar va ayollar soni taxminan tengdir, ularning aksariyati 40-55 yoşida fertillik xususiyatini yöqotadi. 

Bepuştlikning biologik sabablari genetik mexanizmlarning yetarliça örganilmagani va murakaabligi tufayli aksariyat holatlarda noma'lumligiça qolmoqda.

Şunisi diqqatga sazovorki, sönggi yillarda bepuştlik iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda köproq uçramoqda. Olimlar buni köplab ijtimoiy va tabiiy omillar, jumladan ekologiyaning sezilarli darajada yomonlaşuvi va turmuş tarzidagi özgarişlar bilan boğlaşmoqda.

Roberts va uning hamkasblari "bepuştlik epidemiyasi" boşqa fenomen - fastfud madaniyati bilan ham boğlaşmoqda. Ular taxminan 6 ming nafar homilador ayolning soğliğini kuzatib, şunday xulosaga kelişdi. 

Mazkur loyiha doirasida olimlar homilador bölişni rejalaştirayotgan ayollardan muntazam ravişda turli tahlillar olişdi, ularning salomatligini baholab borişdi hamda ayollarning oziqlanişi va odatlarini örganişdi. Ularning aksariyati homilador bölganidan keyin Robertsning jamoasi bu tadqiqotlar natijalarini taqqosladi va bepuştlik rivojiga aynan qanday omillar köpoq ta'sir qilganini tuşunişga harakat qildi. 

Ma'lum bölişiça, homilador bölişga ikki parhez omili sezilarli ta'sir körsatar ekan - mevalar va fastfud. Masalan, har kuni meva iste'mol qilgan ayollar atigi 4 foiz holatlardagina bepuşt bölib çiqişgan, meva yemaganlar esa - 12 foiz holatlarda. Bunday ayollar tabiiy va sun'iy yöl bilan homilador bölişlari uçun bir yildan ortiq vaqt sarflaşlariga töğri kelgan. 

Fastfud ta'siri salbiy natija körsatgan — uning iste'moli bepuştlik rivoji xavfini deyarli ikki baravarga oşirgan, bunday taomdan butunlay voz keçiş esa yoş onalarga gamburgersevarlarga qaraganda ertaroq homilador böliş imkonini bergan. Şunisi qiziqki, na sabzavotlar va kökatlar kabi soğlom parhez va na zararli odatlar mevalar va yoğli taomlar kabi ta'sir körsatmagan.