Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya o‘z koinot agentligiga asos soldi
Foto : Shane Kimbrough/NASA
Avstraliya hukumati 2018 yil 8 may kuni 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan byudjyet doirasida o‘z koinot agentligini yaratishini e'lon qildi. Ma'lum qilinishicha, koinot agentligiga 26 mln Avstraliya dollari (19,4 mln AQSh dollari) miqdorida mablag‘ ajratiladi.
2019-2020 yillarda agentlikka yana 15 mln Avstraliya dollari ajratiladi. U bu pullarni xalqaro koinot loyihalariga investitsiya qilishga ishlatishi mumkin bo‘ladi.
Agentlikning asosiy vazifalari raqobatbardoshlikni ta'minlash uchun Avstraliya koinot sanoatini qo‘llab-quvvatlash, koinot sektori korxonalari ishini muvofiqlashtirish, korxona aksiyadorlari, hukumatning turli darajadagi idoralari bilan birga ishlash, koinotda xalqaro hamkorlikni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Agentlik 1 iyuldan o‘z faoliyatini boshlaydi.
Mavzuga oid
10:29 / 05.02.2026
Germaniya Avstraliya bilan nodir yer metallari bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
22:14 / 25.01.2026
Avstraliyada kengurular velopoyganing “beliga tepishdi”
18:50 / 20.01.2026
Avstraliyada akulalar hujumidan keyin o‘nlab plyaj yopildi
18:18 / 13.01.2026