02:43 / 10.05.2018
7949

APL. "Lester" "Arsenal"ni yengdi, "Chelsi" o‘z uyida ochko yo‘qotdi

Foto: Twitter/PremierLeague

Angliya chempionati 31- hamda 35-turining qoldirilgan o‘yinlari o‘tkazildi. 

"Lester" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Maydon egalari tarkibida gollarga Ixeanacho, Vardi hamda Mahrez mualliflik qilgan bo‘lsa, "Arsenal"ning yagona goli Obameyang tomonidan kiritildi. 

"Manchester Siti" o‘z maydonida "Brayton"ni qabul qilib, ishonchli g‘alabaga erishdi. Mezbonlar safida Danilo, Bernardu Silva hamda Fernandino gol urgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goli Uloa tomonidan kiritildi. 

"Tottenhem" esa o‘z uyida "Nyukasl" ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona 50-daqiqada Keyn tomonidan kiritildi. 

"Chelsi" maydoniga safar qilgan "Haddersfild" durang natija bilan qaytdi. 50-daqiqada Depuatr mehmonlarning golini kiritgan bo‘lsa, oradan 12 daqiqa o‘tib, Alonso hisobni tenglashtirdi. 

31-tur 

Lester – Arsenal 3:1

Gollar: 1:0 – 14 Ixeanacho, 1:1 – 53 Obameyang, 2:1 – 76, penalti Vardi, 3:1 – 90 Mahrez.
Lester – Yakupovich, Morgan, Fuks, Simpson (Dragovich, 82), Maguayr, Marez, Chouduri, Adriyen Silva, Diabate (Grey, 72), Vardi, Ixeanacho (Barns, 88).
Arsenal – Chex, Mavropanos, Xolding, Kolashinats, Ivobi (Nketia, 84), Meytlend-Naylz, Remzi, Jaka, Mxitaryan, Uelbek (Mustafi, 19), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Xolding (75), Jaka (77), Simpson (78), Marez (85).
Chetlatish: Mavropanos (15).

Manchester Siti – Brayton 3:1
Gollar: 1:0 – 16 Danilo, 1:1 – 20 Uloa, 2:1 – 34 Bernardu Silva, 3:1 – 72 Fernandino.
Manchester Siti – Bravo, Laport, Kompani, Danilo, Zinchenko (Mendi, 76), Gyundogan, Fernandino, Bernardu Silva, Ture (Nmecha, 86), Sane, Gabriel Jyezus (Braim Dias, 83).
Brayton – Rayan, Daffi, Bong, Saltor, Dank, Propper, Stivens, Knokert, Gross (Kayyal, 73), Iskerdo (March, 79), Uloa (Lokadiya, 73).
Ogohlantirishlar: Daffi (37).

Tottenhem – Nyukasl 1:0

Gol: 1:0 – 50 Keyn.
Tottenhem – Loris, Sanches, Devis, Tripper (Alderveyreld, 83), Vertongen, Eriksen, Vanyama (Rouz, 88), Sissoko, Alli, Son Xyn Min (Lamela, 77), Keyn.
Nyukasl – Dubravka, Lejyen, Lassels, Dammett, Kenedi (Merfi, 71), Ritchi, Shelvi, Diame, Yyedlin, Peres, Geyl (Xoselu, 76).
Ogohlantirishlar: Alli (57), Ritchi (73), Diame (80), Lamela (89), Yyedlin (90).

35-tur

Chelsi – Haddersfild 1:1

Gollar:1 – 50 Depuatr, 1:1 – 62 Alonso.
Chelsi – Kabalero, Kristensen, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, Villian, Fabregas, Pedro (Azar, 59), Kante, Dzappakosta (Jiru, 54), Morata.
Xaddersfild – Lessl, Shindler, Kongolo, Leve (Xaderdjonay, 62), Yorgensen, van La Parra (Pritchard, 53), Billing, Muy, Xogg, Smit (Meloun, 85), Depuatr.
Ogohlantirishlar: Fabregas (85), Lessl (88).

Top