Har bir millatda ma'nosi mard, jasur degan ismlar bor. Bizning qahramonimiz ham uzoq ötmişiga nazar taşlar ekan, bosib ötgan yöllari şu sözga monand keçganini köradi. Uzoq yillik faoliyatini eslab rohatlanadi.
Aslida, hammasi kiçik qahvaxonadan boşlandi. Jasur bolakay otasiga yordam berardi. Stakanlarni artar, kelganlarga tamaddi olib borardi. Tuğilgan maskani kiçik şahar bölgani uçunmi, deyarli hamma mijoz unga taniş bölib qolgandi. Deyarli barçaning oğzida bir masala — futbol. Ta'sir ana şundan boşlandi.

Jasurligi ismidan jismiga ötayotgan bolakay futbol haqidagi tortişuvlar bilan yaşadi. Stakanni arta turib, suhbatdoşlarga mahliyo bölib qolardi. Unga ana şu davr futbol taktikalarini tahlil qilişni, futbol öyinidagi çizmalarni mulohaza qilişni örgatdi. Işdan çiqib qatnaydigani — şaxmat tögaragi ham unga bu masaladagi iştiyoqini yanada oşirişga xizmat qildi.
Şahrining markazida joylaşgan Universitetni tamomladi. Iqtisod böyiça magistrni yoqladi. Ingliz, fransuz, nemis, italyan, ispan va yapon tillarini yaxşi örgandi. Bu unga keyinçalik naf berdi. Sohasi böyiça emas.
Futbolçilik faoliyati u qadar nurli emas. «Myuttsig» degan öta zaif jamoa yo «Myuluz» bilan faxrlana olmaydi-ku, töğrimi? Eng katta öynay olgan jamoasi Fransiyaning Strasbur klubi bölgan. Böldi.
Uç mavsum davomida 12 bora raqib darvozasini işğol etgani ham arzirli natija emas. 1979 yili Fransiya çempioni bölgan, töğri, ammo jamoa usiz ham şu natijani qayd eta olardi. Bir marta UYeFA kubogi öyinida maydonga tuşgan. Eng yirik öyini şu. U futbolni maydonning çetida yaxşiroq tahlil qilardi.
Oldindan sezgani uçun murabbiylikni ança barvaqt boşladi. Oxirgi marta «Strasbur» klubida töp tepgani uçun, murabbiylik sohasini ham şu yerdan boşlaşga qaror qildi. Fransiya çempionati unga ança ma'qul tuşib qolgandi. Dastavval «Strasbur»da murabbiy yordamçisi bölib işlab yurgan bölsa, «Kann»ga ötib ham şu iş bilan suyagi qotdi. 1984 yili unga «Nansi» jamoasi topşirildi. Uç yil ötib «Monako». Bu jamoada u yaxşi mavsumlar ötkazgan, albatta. Hozir öz xotira daftarini titkilab körsa, bemalol öşa davrlaridan mamnun böladi.
U Fransiyadan çarçadi. Bu mamlakat futbolida katta natijalarni qölga kiritiş imkonsizligini sezdi va kunçiqar ölkaga yöl oldi. Yaponiyaning «Nagoya Grampus» jamoasida bir yil faoliyat olib borib, Imperator kubogi va J liga kubogini yutib oldi. Mavsum oxirida eng yaxşi murabbiy nomini qölga kiritdi.











