21:26 / 12.05.2018
6118

Superliga. «Bunyodkor» so‘nggi daqiqalarda gol urib, Jizzaxda g‘alaba qozondi

Foto: PFK Sogdiana

Superliga 11-turida «So‘g‘diyona» va «Bunyodkor» bellashdi.

39-daqiqada Javlon Ibrohimov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 55-daqiqada Dilmurod Karimov uni tenglashtirdi. 85-daqiqada Filip Rayevats «Bunyodkor»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Bu natijadan so‘ng, «Bunyodkor» qatorasiga uchta o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyaga barham berdi va 22 ochko to‘plab, 1-davrani 2-o‘rinda yakunladi. «So‘g‘diyona» 9 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.

Superliga, 11-tur
12 may, Jizzax
So‘g‘diyona (Jizzax) – Bunyodkor (Toshkent) - 1:2
Gollar: Dilmurod Karimov (55) - Javlon Ibrohimov (39), Filip Rayyevats (85)

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumayev (Navoiy), Sh. Nasibullayev (Namangan)
So‘g‘diyona: Dilshod Hamroyev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Dilmurod Karimov (Nurullo To‘xtasinov, 65), Doniyor Hasanov, Sardor Azimov, Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov, 64), Tohir Shamsiddinov, Izzat Abdullayev (Akmal Xolmurodov, 46), Ruslan Melziddinov
Bunyodkor: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzod Nurmatov (Filip Rayyevats, 70), Murodjon Toshmatov (Sanjar Qodirqulov, 68), Sardor Sobirxo‘jayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Xurshid G‘iyosov, Mirjamol Qosimov (Davronbek Umirov, 77)
Ogohlantirishlar: Akrom Komilov 52, Xurshid G‘iyosov 63, Sardor Qulmatov 65, Rustam Ashurmatov 73, Ruslan Melziddinov 79, Mirg‘iyos Sulaymonov 83

Top