Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Namangandagi himoya gazosignalizatorlarini ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishib, bu boradagi ishlarni yuqori baholadi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Namangan shahriga tashrifi mobaynida «Orzu» kichik sanoat zonasiga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari Namangan shahridagi «Vodiy nefti gazovik energiya» mas'uliyati cheklangan jamiyatida aholi xonadonlari, ijtimoiy-iqtisodiy obektlar va avtotransport vositalari xavfsizligini ta'minlashga mo‘ljallangan himoya gazosignalizatorlarni ishlab chiqarish loyihasini ko‘zdan kechirdi. Ishga tushirilgan loyihani amalda tatbiq etish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga o‘zining ko‘rsatmalarini berdi.
Loyihani amalga oshirishdan maqsad: aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, metan va propan gazlari sizishi natijasida sodir bo‘layotgan baxtsiz va noxush holatlarning oldini olish hamda metan va propan gazlarida harakatlanadigan avtotransport vositalarida gaz sizib chiqishi oqibatida yuz beradigan baxtsiz hodisalarning oldini olishdir.
Aholi xonadonlari uchun mo‘ljallangan HOME-GS va HOME-GS1 himoya gazosignalizatorining xususiyati:
Ushbu qurilmaning vazifasi — aholi xonadonlarida metan, propan hamda is gazlari sizib chiqishi oqibatida yuz beradigan baxtsiz hodisalarning oldini olishdan iborat. Xususan, ushbu himoya gazosignalizatorlari aholi xonadonlarida gaz sizib chiqish (utechka) holati yuz bergan vaqtda, birinchi navbatda ovozli akustik ogohlantiruvchi signal beradi hamda xavf kuchayishi bilan maxsus klapan orqali avtomatik ravishda gazni tarmoqdan uzib qo‘yadi. Himoya gazosignalizatori maxsus akkumulyator bilan ta'minlangan bo‘lib, u 12 soatdan oshiq elektr energiyasisiz ham ishlaydi.
Avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan UZCAR himoya gazosignalizatorining xususiyati:
Bu qurilmaning vazifasi esa — metan va propan gazlarida harakatlanadigan avtotransport vositalarida gaz sizishi natijasida yuz beradigan noxush hodisalarining oldini olishdan iborat. UZCAR himoya gazosignalizatori avtomobilning old kapotidan gaz sizganda (utechka), 2 marta yoki orqa bagajdan gaz sizganda, 3 marta akustik ovozli signal berib haydovchini ogohlantiradi.
«Vodiy nefti gazovik energiya» mas'uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan ushbu uskunalarning muhim jihati – ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligi, kafolatli servis xizmati va narx-navosi aholiga qulayligi bilan ajralib turadi.
II - chorak yakuni bilan korxonada to‘liq ishlab chiqarish ishlari boshlanadi. Mahsulotlar barcha sertifikatlarga ega va xizmat ko‘rsatishga litsenziyalangan. Quyida ularning ishlashi haqidagi video-lavhani tomosha qiling.
- Telefonlar: +99893 783 0202, +998 69 232 93 93
- E-mail: www.vnge.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:46
Namanganda qalbaki dollar sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
16:36 / 29.05.2026