Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT Madaniyat vazirlari yig‘ilishida Ozodbek Nazarbekov ishtirok etdi
Joriy yilning 16-17 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Saniya shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlarning Madaniyat vazirlari rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, shu turkumdagi 15-majlisda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov ishtirok etdi.
Uchrashuv doirasida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Xitoy Xalq Respublikasining Madaniyat va turizm vaziri Lo Shugan bilan rasman uchrashdi. Ikki tomonlama madaniy aloqalarni rivojlantirish maqsadida ikki davlat madaniyat vakillari istiqboldagi bir qator kelishuvlarni imzolashdi.
Eslatib o‘tamiz, ShHT doirasida tashkil etilgan Madaniyat vazirlarining 14-yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Mahmudjon Murodov boshchiligidagi delegatsiya Ostona shahrida bo‘lib qaytgandi. Undan avvalgi uchrashuvga Toshkent shahri mezbonlik qilib, uchrashuvlar 2016 yil 21-22 iyun kunlari o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
21:54 / 21.04.2026
“Soliq to‘lamayman deyishga or qilish kerak” - madaniyat vaziri
20:28 / 12.01.2026
Antikorrupsiya agentligi hukumatdan Ozodbek Nazarbekovga chora ko‘rishni so‘radi
20:17 / 09.01.2026
“Bu – milliy qadriyatning bir qismi” – vazir Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq aytib, qistirilgan pullarni olganiga izoh berildi
23:17 / 29.08.2025