Kun.uz Özbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan suhbatlaşdi. Muloqot davomida prezidentning san’at vakillari bilan uçraşuvi, bugungi madaniyat tizimining vazifalari, sohaga davlatning aralaşuvi va xususiylaştiriş, kreativ iqtisodiyot, kino, teatrlarning ahvoli yuzasidan fikr almaşildi. Madaniyatga tikilgan pullar odamlarning özida, ayniqsa ularning fikrlaş va tafakkurida körinadi, deydi vazir.

Kun.uz Madaniyat vaziri bilan suhbatlaşarkan, avvalo uning san’atkordan çiqqan vazir ekanini hisobga olib, bugun Ozodbek Nazarbekov qançalik bu işni uddalay olayotganini söradi. Uning javob berişiça, siyosatçiga aylaniş – şaxsiy reja emas, balki qismat edi. Umuman davlat işida işlamaganman, birdan vazir muovini böliş tuşimga ham kirmagan, deydi Nazarbekov.

“Boşida 1-2 yil qiyin keçdi, özim uçun notaniş köçalar edi. Biz san’atkorlar kunduzi uxlab, keçqurun işlaganmiz. 30-35 yil şunday tajribam bor, birdan örmonga tuşgandek böldim. Lekin odamning maqsadi özgarmas ekan, vazirlikda xalqaro nuqtai nazardan öylaydigan, rejalarimni amalga oşiradigan böldim”, - deydi madaniyat vaziri.

200 ga yaqin madaniyat sohasi vakillari prezident bilan muloqot arafasida taqdirlandi. Bunga izoh berib ötgan vazirga köra, bu gal xalq taniydigan san’atkorlar xalqning ra’yiga muvofiq taqdirlandi. Avvallari ijtimoiy majburiyatga qarab mukofot berilardi, taniqlilik darajasi degan standart yöq edi, deydi Nazarbekov.

Bugungi madaniyat tizimining vazifasi nima: odamlarni tarbiya qilişmi yoki san’at yaratişmi? Vazir bu savolga javob berarkan, har ikkalasini madaniyatning vazifasi deb ta’kidladi. Biroq odamlar öz tarbiyaçisini heç qaçon qarsak çalib kutib olmaydi, deydi u.

“Avvalboşidan madaniyat tafakkurni şakllantiruvçi yönaliş bölib kelgan. Kasal odamga davolovçi yoqmaganidek, jamiyat öz tarbiyaçisini qarsak çalib kutib olmaydi”, deydi Nazarbekov.

Vazirning qöşimça qilişiça, bugun Madaniyat vazirligi kerakmi, degan savolni örtaga taşlovçilarning özi madaniyatsiz. Odamlar şu gapni aytişga jazm qilayotganining özi madaniyatsizlik, deydi u.

“Ayrim podkastlarda yoş-yoş yigitlar ötirib olib, mana bu rivojlangan davlatda madaniyatga bitta departament 20 ta odami bilan qaraydi, deydi. Qarşi savol beraylik, biz öşa madaniyatga rozimizmi? Ota-onasini qariyalar uyiga maqsadli ravişda olib borib taşlaydigan jamiyatda yaşaşga rozimizmi? Qança-qança odamlar yaşolmay qaytib kelyapti-ku”, deydi vazir.

Madaniyat sohasi hali-hanuz davlatning jiddiy aralaşuvi bilan tartibga solib kelinmoqda. Masalan, litsenziyalaş tizimi ham sovet davridan qolgan va uzoq yillar ijod erkinligiga soya soliş mexanizmiga aylangan edi. Vazirga köra, tizimni xususiylaştiriş uçun avvalo bu yönalişdagi tadbirkorlarga imtiyozlar beriş kerak.

 “Kimdir kelişi uçun avval biz imtiyozlar berişimiz kerakmi? Keyin öşalar yuksalib, yukimizni yengillatadi. Bir joyda teatr quradi, spektakl ötkazadi. Yoki truppa taşkil etadi”, deydi Nazarbekov.

Şu örinda u xususiy kanaldagi “Ovoz” loyihasining Madaniyat vazirligi tomonidan moliyalaştirilgani, buning ortidan esa jiddiy tanqidlarga uçraganini gapirdi.

“Mana, “Ovoz” loyihasiga pul berdik, keyin baloga ham qoldik. Ta’lim vazirligi özining yönalişida qaysidir loyihaga pul tiksa bölarkan, qişloq xöjaligi vazirligi qilsa bölarkan, lekin Madaniyat vazirligi öz yönalişiga bitta tadbirkorga loyihasi uçun qaraşsa, baloga qoladi”, deydi vazir.

Prezident muloqotda kreativ iqtisodiyot haqida jiddiy gapirdi, davlat budjetiga keyingi yillarda bundan 145 trillion söm tuşişini e’lon qildi. Madaniyat vaziriga köra, bu borada raqamlaştiriş işlari jarayonni tezlatadi.

“Bu drayver sohaga aylanib bormoqda. Butun dunyoda böldimi, bizda ham böladi. Buning uçun potensialimiz yetarli, faqat raqamlaştiriş kerak. Hozir bizda kreativ iqtisodiyot soyada işlamoqda, tarmoqlari aniq şakllanmagan, lekin böladi”, deydi u.

Vazir kino sanoati va teatrlarning bugungi ahvoliga ham töxtaldi. Kino böyiça Özbekiston maktabi ança yuksalgani, dramaturgiyada esa haliyam muammolar borligini qöşimça qildi. Teatrga kelsak, vazir fikriça, butun dunyo teatrlaridan odam qoçdi.

“Butun dunyo teatrlaridan odam qoçdi. Avval qora parda oldida şe’r öqisa ham biz yiğlardik. Hozir esa odamlarda hayrat manbalari özgarib ketdi. Hozir demak tomoşabin hayratlanmayapti va öşa şe’rga yiğlamayapti. Teatrlarni yoşlarga moslaştiriş kerak, haliyam öşa latta-putta, öşa sahna – odamlarni endi hayratga solmaydi”, deydi Nazarbekov.

Internet, xususan Instagram va TikTok, ijtimoiy tarmoqlardagi “yulduzlar” madaniyat va san’at vakillarining örnini egallab qöymoqda. Ya’ni bugungi yoş avlod ularni kuzatyapti va san’atkor sifatida qabul qilib bormoqda. Vazir fikriça, endi professional san’atkorlar internetni ham egallaşi kerak böladi.

“Men doim hamkasblarim bilan körişganimda aytaman: özingiz maydonni boy beryapsiz. Ya’ni yoşlar buzilib ketdi deyişadi, lekin öşa maydonda özlari yöq. Mana Glier maktabi öquvçilar dunyoga çiqib ketdi, öz brendi ustida işladi. Xuddi şunday boşqa haqiqiy san’at egalari ham öz sahifalarini yaratib, bundan uyalmasligi kerak”, deydi vazir.

Şuningdek, suhbatda mualliflik huquqi, soliq masalalari, san’at ta’limi, vazirlikning bugungi vazifalari xususida söz borgan.

Suhbatni Kun.uzʼning YouTubeʼdagi sahifasidan töliq tomoşa qilişingiz mumkin böladi.