Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaqin qarindoshlarga bolani bog‘chadan olib ketish taqiqlandi
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Norma.
Qabul qilingan nizom yaqin qarindoshlarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan so‘ng bolani bolalar bog‘chasidan olib ketishga ruxsat beruvchi avvalgi qoidaga ega emas. Shundan xulosa qilish mumkinki, endi bu taqiqlangan. Bolani faqat ota-onasi yoki vasiy bo‘lgan shaxs olib ketishi bo‘yicha bitta qoida qoldi.
Bundan tashqari, endi har kuni ertalab tarbiyachilar hamshira nazorati ostida bolalarning tibbiy holatini tekshiruvdan o‘tkazishga majbur bo‘ladi (amalda bu anchadan beri kuzatilayotgandi).
Ota-onalar kechqurun bolani olib ketmagan holatlarda, tarbiyachi bolani uyigacha olib borib qo‘yishga majbur emas va buni qila olmaydi.
Belgilanishicha, bolalar bog‘chasidan tashqaridagi barcha sayr va ekskursiyalar ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Ilgari, bu faqat tashkillashtirilgan safar uchun talab etilardi.
Mavzuga oid
09:54 / 12.12.2024
Samarqandda bog‘cha yonib ketdi
13:09 / 01.07.2021
Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi
10:05 / 16.06.2021
Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda 40ta nodavlat bog‘cha tashkil etilishi uchun qariyb 11 mln dollar ajratadi
14:01 / 12.06.2021