Samarqandda bog‘cha yonib ketdi
Hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Biroq bog‘chaning tom va shift qismi yonib zararlangan.
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida joylashgan bog‘cha binosi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 11 dekabr kuni kechki payt sodir bo‘lgan. Shu kuni soat 20:40 da Past Darg‘om tumani Amir Temur mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi binosida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar berilgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, ular voqea joyiga soat 20:43 da yetib borgan va 21:55 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining shift va tom qismi yonib zararlangan. Hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
14:03
Turkiyadagi kurort mehmonxonada yirik yong‘in sabab 10 kishi halok bo‘ldi
22:24 / 18.01.2025
Ilon Mask Los-Anjyeles merini iste’foga chiqishga chaqirdi
21:56 / 18.01.2025
Toshkentda Captiva yonib ketdi
18:54 / 17.01.2025