Jahon | 22:39 / 22.05.2018
4836
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada botinka ko‘rinishida mehmonxona paydo bo‘ldi

Foto: tripadvisor.com

Yangi Zelandiyada botinka ko‘rinishida mehmonxona qurildi. Bu haqda The Sun nashri ma'lum qildi.  

Antiqa mehmonxona er-xotin Stiv va Judi Richards tomonidan qurilgan. Ularning aytishicha, mehmonxona qurilishiga 1 yilgina vaqt ketgan.

“Biz doimo nimadir qilish kerak bo‘lsa, buni hazil-mutoyiba bilan qilish kerak deb hisoblaymiz. Fikrimcha, bu odamlarni yaqinlashtirish uchun ajoyib usuldir”, deb aytgan Judi Richards. 

Yangi mehmonxona o‘rmonzorda joylashgan va unda televizor topolmaysiz. Shuningdek, mehmonxonada romantik kechalar uchun kamin va soychaga ega ichki bog‘ bor.  Uy mijozlarga bir kuni uchun 205 funt sterlingdan beriladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid