Sport | 21:15 / 22.05.2018
6537
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Qo‘qon-1912» yutqazdi, «Lokomotiv» so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Foto: Lokomotiv FK Matbuot xizmati

Superligada 12-tur o‘yinlari yakunlandi.

«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazdi. Mezbonlar tarkibida yagona golni Muhammadanas Hasanov urdi. «Buxoro» Arslonmurod Amonov va Shavkat Salomov gollari evaziga g‘alaba qozondi.

«Lokomotiv» o‘z uyida «Qizilqum»ni qabul qilib, kutilmaganda durang o‘ynadi. Mehmonlar Nemanya Yovanovich va Artur Gevorkyan gollari evaziga, hisobda oldinda borishayotgan edi. Ammo Sanjar Shoahmedov raqib darvozasiga to‘p kiritib, so‘ngi daqiqada jamoasini g‘alabadan qutqarib qoldi.

Superliga, 12-tur
22 may 

Qo‘qon-1912 (Qo‘qon) – Buxoro (Buxoro) - 1:2 
Gollar: Muhammadanas Hasanov (30) - Arslonmurod Amonov (14), Shavkat Salomov (45+1)

Lokomotiv (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy) - 2:2  
Gollar: Husniddin G‘ofurov (36), Sanjar Shoahmedov (90+3) - Nemanya Yovanovich (5), Artur Gevorkyan (40)

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid