Bosh prokuratura noqonuniy muomalaga kiritilgan qancha dollar va so‘m olib qo‘yilganini ma'lum qildi
Departament organlari tomonidan 2018 yilning o‘tgan davrida soliq bazasini kengaytirish va uni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini aniqlash, valyuta mablag‘larining noqonuniy aylanmasiga barham berish, jinoiy daromadlarni legallashtirishga hamda korrupsiyaga va «xufiyona» iqtisodiyotga qarshi kurashish, shu bilan birga tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, soha xodimlari tomonidan joylarda qonunchilikda taqiqlanmagan faoliyat bilan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan shug‘ullanib kelgan shaxslarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilishi natijasida 1 391 nafar shaxslarning faoliyatiga qonuniy tus berilib, ularda 1 452ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Jinoyatlarni bevosita tezkor yo‘llar bilan aniqlash orqali soliq bazasini kengaytirish ishlari kuchaytirildi.
Tezkor tadbirlar natijasida 20 723ta huquqbuzarliklar aniqlanib, 1 361ta jinoyatlar fosh etildi va 1 354ta ma'muriy ishlar yuritildi.
Tadbirkorlik sub'yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzish bilan bog‘liq 202 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, hisoblangan mablag‘lar va aniqlangan zarar miqdori 525,5 mlrd so‘mni, undirilgani 160,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Shu jumladan, byudjyetga 303,3 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘lar hisoblanib, 112,4 mlrd so‘mining undirilishi ta'minlangan.
Shuningdek, xorijiy valyutaning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish borasida keng qamrovli tezkor tadbirlar o‘tkazilib, natijada, jami 1099 ta qonunbuzilishlar aniqlanib, huquqbuzarlardan noqonuniy muomalaga kiritilgan 1 mln 350 ming AQSh dollari va 3 mlrd 200 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
21:38 / 10.07.2024