Jahon | 03:13 / 24.05.2018
9327
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev jurnalistlarga: «Ishonchning yo‘qolib borayotgani jiddiy tahdidga aylanmoqda»

Foto: Turar Kazangapov

Qozog‘iston axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev Olmaotada ochilgan Yevroosiyo mediaforumida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning tabrik xatini o‘qib eshittirdi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar berdi.

«O‘zgarib borayotgan dunyoda … OAV mojarolar yoyilishining detonatori ham bo‘lishi, xalqaro taranglikning oldini olish va global tiyib turish omiliga ham aylanishi mumkin. Jurnalistikaning oliy mas'uliyati ham mana shundadir», — degan Nazarboyev o‘zining murojaatnomasida.

«Ishonchning yo‘qolib borayotgani, ya'ni auditoriya borgan sari mustaqil blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi muqobil axborotlarni ma'qul ko‘rayotgani klassik jurnalistikaga jiddiy tahdid bo‘lmoqda. Shu bilan birga an'anaviy OAVlarning raqobat borasidagi ustunliklari kasbikomillik va kontent sifatiga asoslanib qolaveradi. Faqatgina to‘g‘ri va ishonchli axborot, feyk yangiliklarning tekshirilishi auditoriyaning ko‘payishini ta'minlashi, xolis axborot manbai sifatida OAVning nufuzini oshishiga xizmat qilishi mumkin. Buning uchun axborotni qo‘lga kiritishning ochiq kanallarini rivojlantirish va uzluksiz muloqotni ta'minlash kerakki, u paydo bo‘layotgan muammolarni hal etishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun bosh shart hisoblanadi. Jurnalistlik kasbi jamiyatga xizmat qilish, yuqori etika va ahloqiy sifatlarga ega bo‘lish ramzi sifatida qolaverishi kerak», — deyiladi Qozog‘iston rahbarining xatida.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid