Aynan amaliy maşğulotlar bois, Media haftalik iştirokçilar uçun şunçaki öquv jarayoni emas, balki media fikrlaşni qayta şakllantiruvçi, kasbiy dunyoqaraşni kengaytiruvçi haqiqiy tajriba maktabiga aylandi.

Haftalikda 60 nafardan ortiq axborot xizmati rahbarlari va xodimlari, 80 nafardan ziyod televideniye vakillari, 50 nafardan ortiq bosma va elektron OAV xodimlari iştirok etdi. Şu bilan birga, yana şunça mustaqil blogerlar ham jarayonga jalb qilindi.

Eng katta guruhni esa 500 nafardan ziyod mobilograf, SMM mutaxassisi va kontent yaratuvçi yoşlar taşkil etdi. Natijada, umumiy iştirokçilar soni 700 nafardan oşib, tadbir öz kölami jihatidan yirik media forum sifatida şakllandi.

Iştirokçilar beşta asosiy yönaliş böyiça öqitildi. Maşğulotlarda sun’iy intellekt, faktçeking, raqamli etika va ma’lumotlarni vizuallaştiriş böyiça çuqur bilimlar berilib, zamonaviy medianing nazariy va amaliy asoslari uyğunlaştirildi.

Televideniye vakillari uçun reportajlarni kreativ formatda tayyorlaş, zamonaviy videokameralarda sifatli işlaş va montaj usullari böyiça amaliy darslar taşkil etildi. Bu jarayonlar efir mahsulotlariga yangi nafas bağişlaşga xizmat qiladi.

Axborot xizmati xodimlari strategik kommunikatsiya, krizis holatlardagi harakatlar va KPI tizimlari böyiça bilimlarini oşirdi. Bu ularning faqat axborot tarqatuvçi emas, balki jamoatçilik fikrini şakllantiruvçi muhim sub’yektga aylanişini ta’minlaydi.

Haftalik doirasida 10 000 nafar SMM mutaxassisini tayyorlaş loyihasi böyiça 7 000 nafardan ortiq yoşlar qamrab olingani, ulardan 2 000 nafari muvaffaqiyatli bitirgani qayd etildi. Qoraqalpoğistonda esa 500 nafardan ziyod yoşlar uşbu jarayonda iştirok etmoqda.

Ma’lum qilinişiça, mobilografiya böyiça 1 000 nafar yoşlar, jumladan, Qoraqalpoğistonda 175 nafari öqitilib, ulardan 68 nafari mustaqil daromad manbaiga ega bölgan, 23 nafari esa iş bilan ta’minlangan.