Özbekiston öz valyuta tizimini erkinlaştirganidan söng, ön yillab vaqt davomida qattiq valyuta va narx siyosati tufayli buzilgan butun iqtisodiyotni qayta tiklaşi kerak. Bu haqda Jahon banki va Xalqaro valyuta jamğarmasi vakillari Reuters bilan suhbatda xabar berişdi.
Mamlakat energiya taşuvçilarga narxni kötariş yoki özgaruvçan şaroitlarga moslaşa olmaydigan korxonalarni yopiş kabi oğriqli çoralarni körişi kerak. Şu bilan birga, inflyatsiyani nazorat qiliş va biznes muhitini yaxşilaş kerak.
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça boş iqtisodçisi Gans Timmer hukumatni islohotlar sur'atiga moslaşişga çaqirdi.
Xalqaro valyuta jamğarmasi Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamentining direktor örinbosari Yuxa Kaxkonen alohida intervyuda inflyatsiya bilan kuraşiş maqsadida qat'iyroq byudjyet va pul-kredit siyosati zarurligini ta'kidladi.
Söm deyarli ikki barobarga devalvatsiya qilingani bilan kuzatilgan valyuta erkinlaştirilişi köplab kompaniyalarga ta'sir körsatdi. Ularning ba'zilari, masalan, Braziliyadan xomaşyo import qilgan şakar zavodlari kuraşmoqda. Şakar uçun xomaşyoning narxi ular uçun sezilarli ravişda oşdi, şakarning çakana narxi esa aholi uçun muhimligi tufayli belgilab qöyilgan holda qolmoqda.
Buning örniga, hukumat qayta işlangan şakar importini faollaştirdi. Bu Özbekistonni joriy yilda Ukraina şakarining eng yirik xaridoriga aylantirdi.
«Ayrim tarmoqlar va kompaniyalar uçun imtiyozli rejimni qisqartirişdan taşqari, iqtisodiyotdagi buzilişlarni bartaraf etiş muhimdir», - dedi Timmer.
Uning sözlariga köra, bu oyda Jahon banki Özbekistonda energiya samaradorlik, boğdorçilik va şoşilinç tibbiy yordam böyiça törtta yangi loyihani moliyalaştiriş uçun 940 million dollar ajratdi.
«Agar islohotlarning hozirgi sur'ati barqaror bölsa, bu ajoyib bölar edi», - deydi Timmer.
Şu bilan birga, uning sözlariga köra, Toşkentdagi hukumat «islohotlarning mehnat bozoriga ta'siridan juda taşvişlanmoqda» va, katta ehtimol bilan, ehtiyotkorlikda iş tutişi mumkin, sababi işsizlik Özbekistonning eng katta muammolaridan biri hisoblanadi: millionlab odamlar öz oilalarini boqiş uçun çet elda işlaydi.
Kaxkonenning aytişiça, şu sababdan inflyatsiya ustidan nazoratni qölga kiritiş asosiy vazifalardan biri hisoblanadi:
«Hozirgi kunda inflyatsiya darajasi 20 foiz darajasida va mening fikrimça, hukumat uni qisqartirişga qodir, ammo bu yanada qattiqroq moliyaviy va pul-kredit siyosatini talab qiladi», - dedi u.
Uning fikriga köra, energetika sohasidagi yöqotişlarni kamaytiriş va davlat subsidiyasini kamaytiriş böyiça çoralar köriş zarur.
Örta muddatli istiqbolda «energiya taşuvçilarga narxni kötariş muhim vazifa sanaladi, ular hozirda xarajatlarni qoplaşdan ança past», - dedi Kaxkonen.
Uning sözlariga köra, davlat korxonalarini qayta isloh etiş ustuvor yönaliş hisoblanadi, şuningdek, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoşligini oşiriş va töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş yöli bilan.
«Özbekiston köplab çeklovlar va qoidalarga ega, juda yuqori darajadagi davlat boşqaruvi bölgan mamlakatga aylanganini hisobga olib, bugungi kunda köplab vazifalar turibdi. Şunga qaramay, narxni liberallaştiriş, valyuta kurslarini erkinlaştiriş va boşqa sohalarda işlar yaxşi boşlandi», - deydi Kaxkonen.
Naşr davlat kompaniyalari mavzusini davom ettirib, Özbekiston öz davlat aviakompaniyasini xususiylaştirişga tayyorligi, ammo oltin konlari va neft kompaniyalari ustidan töliq nazorat saqlab qolişni rejalaştirayotganini eslatib ötdi.
«Özbekiston havo yöllari» xususiylaştirilişi mumkin, ammo hukumat oltin va neft ustidan nazoratni saqlab qoladi












