Özbekiston «Özbekiston havo yöllari»ning xususiylaştirilişiga tayyor, ammo oltin konlari va neft qazib oliş ustidan nazoratni saqlab qolişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Reuters mamlakat boş vaziri örinbosari Suhrob Xolmurodov va Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi vakili Sardor Sa'dullayevga asosan xabar tarqatgan.

«Biz davlat nazorati ostida uşlab turilişi zarur bölgan asosiy soha sifatida, asosan, oltin qazib oliş va asosiy neft şirkatimizni körmoqdamiz», - degan Sa'dullayev YeTTBning Iordaniyada bölib ötayotgan har yillik yiğilişida. Spot'ning yozişiça, uning sözlariga köra, Özbekiston öz aviabozorini, jumladan, MAKni xususiylaştiriş hisobidan oçişga tayyor.

«Bizda bitta monopol aviakompaniya bor - «Özbekiston havo yöllari», biroq Jahon banki bilan sohani isloh etiş, aviakompaniya tegilişi lozim bölmagan kompaniyalar röyxatidan çiqişi uçun hamkorlikni yölga qöymoqdamiz», - dedi Sa'dullayev. 

«Energetika sohasi haqida ham öylamoqdamiz, ammo bizning fikrça, DXŞ (davlat-xususiy şerikçilik) modelini töğri, deb hisoblaymiz», - deya qöşimça qildi Sa'dullayev. U davlat mulkiga egalik qiliş huquqi emas, balki aksiyalar sotilişini nazarda tutgan.

Öz navbatida, MAK vakillari bu xabarga izoh berişdan boş tortdi. Şirkat matbuot xizmatidan ta'kidlaşlariça, bu boradagi tegişli xabar aviakompaniya rasmiy saytida e'lon qilinadi. Biroq, bu aynan qaçon yuz berişi aytilmadi.