21:41 / 24.05.2018
14545

Jahon chempionati ishtirokchilarining shiorlari e'lon qilindi

Foto: AFP

Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning shiorlari e'lon qilindi.

Rossiya - «Ochiq qalb bilan o‘yna»
Urugvay - «Rossiya moviy osmonida quyoshimiz porlaydi»
Misr - «Fir'avnlar gapirilsa, dunyo tik turib eshitsin»
Serbiya - «Bir jamoa, bir orzu – Serbiya»
Xorvatiya - «Kichik mamlakat, katta orzular»
Islandiya - «Keling, orzumizga yetaylik»
Belgiya - «Qizil iblislar» topshiriqqa otlandi»
Argentina - «Birgalikda orzu sari»
Kosta-Rika - «Butun mamlakat o‘ynasa, imkonsiz narsa qolmaydi»
Senegal - «Ilojsizlik – bu senegalcha emas»
Braziliya - «5 yulduz, 200 million qalbdan ham kattaroq»
Yaponiya - «Ko‘k samuraylar, jangga otlaning!»
Germaniya - «Keling, birgalikda tarixni yozamiz»
Tunis - «Burgutlar Rossiya sari parvozda – muxlislar va futbolchilar, qo‘lni-qo‘lga beringlar»
Saudiya Arabistoni - «Sahro jangchilari»
Polsha - «Olg‘a, Polsha!»
Meksika - «Meksikada tug‘ilganlar, g‘alaba uchun yaralganlar»
Eron - «80 million odam, 1 millat, 1 qalb»
Panama - «Panama! Ikki dengiz kuchi»
Peru - «Biz qaytdik! 30 million perulik yo‘lga otlandi»
Portugaliya - «Shonli o‘tmish, tarixiy zamona»
Shveytsariya - «To‘rtta til, bir millat»
Nigeriya - «Afrika g‘ururi qanotlari»
Fransiya - «Sizning kuchingiz, bizning ehtiros. Olg‘a, Ko‘klar!»
Kolumbiya - «Bir orzu, uchta rang va 50 million qalb»
Shvetsiya - «Birgalikda Shvetsiya uchun!»
Ispaniya - «Birgalikda yengilmasmiz»
Avstraliya - «Jasur bo‘l, mard bo‘l, yashil-oltinrang «sokkeruz» 
Angliya - «Bizga g‘alaba keltiring»
Janubiy Koreya - «Osiyo yo‘lbarslari, dunyo istilochilari»
Daniya - «Birgalikda tarix yaratamiz»
Marokash - «Atlas sherlari, marokashlik qalblar sizlar bilan»

Mavzuga oid
Top