Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jom qishlog‘ida sel keltirgan zarar miqdori aniqlandi
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, seldan zarar ko‘rgan bino va inshootlarni qurilish va ta'mirlash ishlariga 7 mlrd. so‘m mablag‘ talab etilishi aniqlandi, deb yozmoqda «Zarafshon» gazetasi.
Bugungi kunda talafot ko‘rgan xonadon va boshqa infratuzilma obektlarida qurilish-obodonlashtirish ishlari jadal yo‘lga qo‘yildi. Talab etiladigan mablag‘lar mahalliy byudjyet va boshqa manbalar hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu qishloqlarda qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish, ijtimoiy va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obektlarini joriy yilning 1 avgustiga qadar foydalanishga topshirilishi ta'minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15 maydan 16 mayga o‘tar kechasi kuchli sel kelishi oqibatida 71 ta, shundan 49 ta Girdiqo‘rg‘on, 10 ta Jom, 7 ta Tegirmonboshi va 5 ta Omondara mahallalaridagi aholi xonadonlari va tomorqalariga zarar yetgan edi.
Mavzuga oid
11:52 / 03.07.2026
O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar va sel xavfi haqida ogohlantirdi
16:36 / 22.06.2026
Sariosiyodagi xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka sel zarar yetkazdi, harakat vaqtincha to‘xtatildi
08:25 / 19.06.2026
Zomin va Baxmalda sel kuzatildi, 3 ta avtomobil oqib ketdi
10:45 / 12.06.2026