Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylaşgan M-41 «Bişkek–Duşanbe–Termiz» xalqaro avtomobil yölidagi köprik sel oqimi ta’sirida şikastlandi. Hodisa oqibatida mazkur yönalişda transport harakati vaqtinça çeklandi.

Viloyat hokimligiga köra, 21 iyun kuni soat 20:30-20:45 atrofida toğli hududlarda kuzatilgan kuçli yoğingarçiliklar natijasida Obizarang daryosida suv sathi keskin kötarilib, sel oqimi yuzaga kelgan.

Sel oqimi Sariosiyo tumani Anorzor mahallasi hududidan ötuvçi Obizarang daryosi ustidan ötgan köprikka zarar yetkazgan. Inşoot M-41 xalqaro avtomobil yölining 1449-kilometrida joylaşgan.

Dastlabki örganişlar davomida köprik konstruksiyalarida şikastlanişlar aniqlangan. Şu munosabat bilan fuqarolar va transport vositalari xavfsizligini ta’minlaş maqsadida köprik orqali harakat vaqtinça töxtatilgan.

Ma’lum qilinişiça, mazkur köprik 1977 yilda qurilgan bölib, uzunligi 54,7 metrni taşkil etadi. U Özbekistonni Tojikiston bilan boğlovçi muhim transport yönalişlaridan biri hisoblanadi. Köprik orqali bir soatda örtaça 600-800 ta transport vositasi harakatlanadi.

Mutaxassislarning dastlabki baholaşlariga köra, inşootga yetgan zarar daryoda suv sathi va oqim tezligining keskin ortişi, natijada köprik tayançlariga yuqori bosim tuşişi bilan boğliq.

Hozirda transport harakati Uzun tumani hududidagi Döstlik, Yangi yöl va Qaraşiq mahallalari orqali ötuvçi aylanma yönaliş böyiça taşkil etilgan.

Voqea joyida viloyat va tuman rahbariyati, Avtomobil yöllari qömitasi mas’ullari hamda sohaviy mutaxassislardan iborat işçi guruh faoliyat olib bormoqda. Ayni paytda köprikning texnik holati örganilib, yetkazilgan zarar kölami baholanmoqda va qatnovni tiklaş böyiça muhandislik yeçimlari işlab çiqilmoqda.