Jahon | 19:24 / 27.05.2018
3332
2 daqiqa o‘qiladi

Tog‘li-Qorabog‘ mojarosini hal etish uchun Fransiya mediatorlik vazifasiga kirishadi

Foto: AP /Darko Vojinovic

Fransiya kutilayotgan oyda Tog‘li-Qorabog‘ mojarosini bartaraf etish uchun tomonlar bilan faol muzokaralarni boshlashini ma'lum qilmoqda. Bu haqda Fransiya Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan-Iv Le Drian Boku shahrida o‘tayotgan brifingda aytib o‘tgan.

«Biz kutilayotgan oyda mazkur inqiroz yuzasidan faol muzokaralarni boshlashni rejalashtirganmiz», deydi Le Drian ozarboyjonlik hamkasbi Elmar Mamedyar bilan bir stolda.

Frantsuz tashqi siyosiy mahkama boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan status-kvo hech nimaga xizmat qilmaydi va vaziyat shunday saqlanib qolmasligi lozim.

«Bu muammoning yechimi emas. Fransiya mintaqada tinchlik va barqarorlikni istaydi», deydi u.

Ozarboyjon va Fransiya vakillari, shu bilan birga, mamlakatning YeI bilan tuzilajak yangi strategik hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvi bo‘yicha fikr yuritgan. Frantsuz siyosatchi ushbu masalada Ozarboyjonga ko‘proq manfaatli kelishuvni amalga oshirishda ko‘mak berishi mumkin.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid