Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda toshqinlardan keyin endigina o‘ziga kelgan shahar yana toshqin ostida qoldi (video)
Foto: Kenneth K. Lam/The Baltimore Sun via AP
AQShning Merilend shtatida joylashgan Ellikot shahri kuchli yomg‘irlardan keyin toshqin ostida qoldi. Ta'kidlanishicha, ushbu shaharda 2016 yilda ham kuchli toshqin yuz bergan.
Shahardagi toshqin tasvirlangan rolikda loyqa suvning kuchli oqimlari shahar ko‘chalari bo‘ylab katta tezlikda oqayotgani, ba'zi joylarda birinchi qavatlar o‘rtalarigacha va undan yuqoriroqqacha yetayotganini ko‘rish mumkin.
AQSh milliy meteorologik xizmati vaziyatni “juda xavfli va falokatli” deb baholagan.
“Siz balandroq joylarga ko‘chib o‘tishingiz va suv yo‘nalayotgan joylardan uzoqroqda qolishingiz kerak”, deb aytilgan xizmatning xabarida.
Ma'lum qilinishicha, videoda tasvirlangan, toshqin ostida qolgan Meyn Strit ko‘chasi 2016 yildagi toshqindan keyin yaqindagina tiklangan bo‘lgan.
Ellikot shahri 1772 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda 70 ming kishi yashaydi.
Avvalroq AQShning Alabama, Florida va Missisipi shtatlarida “Alberto” subtropik to‘foni yaqinlashayotgani tufayli favqulodda vaziyat tartibi kiritilishi e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026