Inson bilib-bilmay gunohga qöl uradi. Agar aqli yetsa, iymoni bölsa, Allohdan qörqsa gunohi uçun tavba qiladi va qaytib bu gunohga qöl urmaydi. Ammo teskarisi bölsa Allohning ğazabiga uçraydi, bu dunyoda ham, u dunyoda ham. Ammo şunday gunohi kabiralar bor-ki, u şirkka olib borişi va kişining ikki dunyosini kuydirib yuborişi mumkin. Ana şunday gunohlardan folbinlik, folga işoniş, sehr-jodu va munajjimlik gapimizga misol böla oladi. Bu mavzu haqdagi muborak hadisi şariflarda şunday deyiladi.

Oyşa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

Payğambarimiz (s.a.v) dedilar: «Fariştalar yer yuzida sodir böladigan narsalar haqida bulutlar orasida gaplaşganlarida, jinlar ularning bitta sözlarini eşitadilar va uni folbinlarning quloqlariga kelib (idişga suv quygandek) quyib ketadilar va u sözga jinlar yuzta yolğonni qöşadilar».

Şarh: Bundan körinib turibdiki, folbinlar jin va şaytonlar bilan aloqa qilişadi. Ularning yolğon-yaşiq gaplarini köpirtirib, ustiga ming yolğonni qöşib odamlarga yetkazişadi. Bu işlarning turgan-bitgani gunohi azimdir.

Abu Mas'ud al Badriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Payğambarimiz (s.a.v) (ba'zi) man qilgan narsalari orasida, fohişalikdan topilgan pul va folbinga beriladigan pul bor edi», dedilar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yetti xil halokatli narsadan saqlaninglar», dedilar. Tinglovçilar: «Ular nima, ey Allohning rasuli?», deb söraşdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga biror narsani şerik qiliş, sehr-jodu qiliş (ya'ni, issiq-sovuq bilan şuğullaniş), nohaq biror bir odamni öldiriş, yetimning haqini yeyiş, sudxörlik qiliş, duşmanga orqasini ögiriş, begunoh muslima ayollarni (zinoda) ayblaş (garçi ular bu narsadan uzoq bölsalarda).

Şarh: Payğambarimiz (s.a.v)ning ogohlantirişlariga diqqat bilan e'tibor qaratadigan bölsak, insonni halokatga uçratadigan amallar içida sehr-jodu, ya'ni birovni issiq-sovuq qiliş amali ham bor. Bugungi zamonaviy dunyoimizda birovning erini, akasini, ukasini va boşqa yaqinlarini sehr yöli bilan issiq-sovuq qiliş juda köp uçraydi. Bu işni qilgan ham, işongan ham, qildirgan ham Alloh nazdida gunohkor kişilardir va tavba qilmasalar Yaratgan tomonidan ularga jazo muqarrar böladi.