Jamiyat | 23:04 / 31.05.2018
14815
2 daqiqa o‘qiladi

Tijorat uchun Koreyaga borgan o‘zbekistonlik qori xalqaro Qur'on musobaqasida g‘olib bo‘ldi

Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro Qur'on musobaqasida o‘zbekistonlik qori g‘olib bo‘ldi. Bu haqda quran.uz sayti o‘zining Telegram kanalida xabar bergan

Ma'lum qilinishicha, musobaqada dunyoning turli davlatidan 70ga yaqin qorilar ishtirok etgan. 

Foto: Telegram/@quranuz_kanali

"Musobaqa faqat tilovat yo‘nalishida, 3 bosqichda o‘tkazildi. 1-bosqichda ishtirokchilar o‘zlari istagan joydan tilovat qilib berishdi. Shunga qaramasdan, keyingi bosqichga faqatgina 20 nafar ishtirokchi o‘ta oldi. Mazkur bosqichda ishtirokchilar hakamlar so‘ragan joydan Qur'onga qarab tilovat qilib berishdi", deyiladi xabarda.

Hakamlar qo‘ygan ballar hisobiga ko‘ra, g‘oliblar qatorida o‘zbekistonlik Abdurashid Qori Abdurahimov birinchi o‘rinni egalladi. 1996 yil Andijon shahrida tug‘ilgan musobaqa g‘olibi Abdurashid qori 2012 yilda Qur'onni to‘liq yod olgan. Ayni paytda tijorat va tirikchilik maqsadida Koreyaga borgan qori Qur'on musobaqasining daragini eshitib, unda ishtirok etdi va xalqaro musobaqa g‘olibiga aylandi.​​