Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada anomal issiqlik sababli favqulodda vaziyat tartibi joriy qilindi
Meksika hukumati mamlakatning 31 ta shtatidan 22 tasida anomal yuqori havo harorati sababli favqulodda vaziyat tartibini kiritdi.
Ma'lum qilinishicha, favqulodda vaziyat kiritilishi 573 ta munitsipalitetda e'lon qilingan. Bu munitsipalitetlar Quyi Kaliforniya, Janubiy Quyi Kaliforniya, Sonora, Nayarit, Oaxaka, Chiuaua, Koauila, Durango, San-Luis-Potosi, Nuevo-Leon, Tamaulipas, Verakrus, Gerrero, Tabasko, Kampeche, Kintana-Roo, Yukatan, Chyapas, Kolima, Sinaloa, Michoakan va Puebla shtatlarida joylashgan.
Bu shtatlarning ba'zi hududlarida harorat 45-50 darajagacha yetmoqda.
30 may kuni mamlakat poytaxti Mexikoda deyarli 100 yil ichida ushbu kun uchun eng yuqori havo harorati qayd qilindi: termometr ko‘rsatgichi 31,7 darajagacha ko‘tarilgan. Bungacha ushbu kun uchun eng yuqori harorat 1919 yilda qayd qilingan bo‘lib, 31,2 darajani tashkil qilgan. Shifokorlar ochiq havoda ko‘p qolmaslikni va ko‘proq ichimlik suvi ichishni tavsiya qilishmoqda.
Mavzuga oid
17:59 / 10.06.2026
Meksika 8600 dollarga o‘ta arzon Olinia Uno elektromobilini taqdim etdi
08:48 / 23.05.2026
YeI Meksikaga 5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026