Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi saratonni xorijda davolashga qarshi
Foto: Ukrіnform
Ukraina sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Linchevskiy saraton kasalligiga yo‘liqqanlarning xorijda davolanishi uchun byudjyet vositalari ajratilishiga qarshi bayonot berdi. Medicalline.info portali shu haqida xabar berdi.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, xorijga davolanish uchun jo‘natiladigan bemorlarning 25 foizi oxir-oqibat vafot etadi. U bunday statistika tibbiy dasturning samarasi kam ekanini namoyish qilmoqda.
"Do‘stlar, hamkasblar! Bu- saraton. Ularning bari oxir-oqibat vafot etadi. Boshqa yo‘li yo‘q. Bu dasturning samaradorligi nol foiz!", - dedi Linchevskiy.
U shuningdek suyak iligi ko‘chirilishini talab qiluvchi kasalliklar aksariyati ertami kechmi bemorning o‘limiga olib kelishini qo‘shimcha qildi.
"Buyraklar transplantatsiyasi, yurak transplantatsiyasi - bular hayot davomiyligini uzoq muddatga uzaytirmaydi", - dedi amaldor.
1 yanvardan Ukrainada aksariyat tibbiy xizmatlar uchun to‘lov kiritishni ko‘zda tutuvchi tibbiy islohotlar kuchga kirdi. Ukrainaliklar uchun faqat oilaviy shifokor ko‘rigi, favqulodda yordam va tug‘uruq bepulligicha qoldi. Radada ta'kidlanishicha, saraton bilan kasallangan bemorlarni davolash muolajalari uchun zarur summaning 30 foizdan kamrog‘i ajratilgan.
Mavzuga oid
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026