Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumiga start berildi
Atrof-muhitning ifloslanishi, iqlimning o‘zgarishi, suv resurslarining tanqisligi kabi muammolar Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishi yo‘lida to‘siq bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov 5 iyun kuni Toshkent shahrida Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan xalqaro forum ochilishida shunday bayonot berdi.
“Umumiy uyimiz - Markaziy Osiyoning kelajagi mintaqadagi har bir davlatning farovon turmush tarzi bilan uzviy bog‘liqdir. Shu bois har bir mamlakatning muvaffaqiyat va yutuqlarini biz umumiy g‘alabamiz sifatida, yuzaga keladigan qiyinchiliklarni esa – ularning yechimini topish uchun kuchlarni birlashtirishga ishora sifatida qabul qilamiz. Bunda O‘zbekistonning tashqi siyosati birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlar bilan ishonchli hamkorlikka yo‘naladi”, - dedi O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov.
U shuningdek Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sa'y-harakati sharofati bilan mintaqaviy hamkorlikka asoslangan yangi siyosiy muhit shakllanayotganini ta'kidladi.
“Barchamiz tobora transchegaraviy xarakterga ega bo‘lib borayotgan, butun Markaziy Osiyo davlatlariga taalluqli bo‘lgan ekologik xavflarga duch kelmoqdamiz. Atrof-muhitning ifloslanishi, iqlimning o‘zgarishi, suv resurslarining tanqisligi, cho‘llashuv jarayonlarining faollashuvi, qurg‘oqchilikning tezlashuvi mintaqaning barqaror rivojlanishi yo‘lida to‘siq bo‘lmoqda. Markaziy Osiyo doim suv resurslariga ehtiyoj sezgan, hozirgi global isish shart-sharoitlarida suv iste'molining o‘sishi natijasida bu muammo faqat chuqurlashmoqda”, - dedi u va mazkur forumda ushbu muammolarni ko‘rib chiqib, ularni bartaraf etishga doir qarorlar ishlab chiqilishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
09:15 / 17.04.2026
Qozog‘iston endi qozoq tilini yaxshi bilmaydiganlarga doimiy yashash guvohnomasini bermaydi
11:00 / 16.04.2026
Toshkentda oltinchi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
07:35 / 16.04.2026
1853 yilgi Orol dengizi xaritasi e’lon qilindi
16:17 / 11.04.2026