17:02 / 06.06.2018
38368

Ayol anor iste'mol qilganidan so‘ng vafot etdi

Foto: EPA

Avstraliyada 64 yoshli ayol Misrda yetishtirilgan, muzlatib qo‘yilgan anor tarkibida bo‘lgan A gepatiti bilan zaharlanganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda «Bi-bi-si» Avstraliya Sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan xabar bermoqda.

Avstraliya hukumati aprel oyida fuqarolarni Misrdan olib kelingan, Avstraliya kompaniyasi tomonidan yetishtirilgan muzlatilgan anorlar partiyasida A gepatiti virusi bo‘lishi mumkin ekanidan ogohlantirgan. Avstraliyada yetishtirilgan va yangi anorlarda infeksiya topilmadi.

Partiyadan taxminan 2000ta paket sotilgan. Avstraliyaliklarga shubhaga sabab bo‘luvchi mahsulotni yo‘q qilish tavsiya etildi.

Shuningdek, anorlar tufayli virusni yuqtirib olgan yana 24 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top