O‘zbekiston | 13:31 / 07.06.2018
4827
3 daqiqa o‘qiladi

Adham Ikromov: ShHT a'zolari bilan hamkorlikni mustahkamlashga yanada ustuvor ahamiyat beriladi

6 iyun kuni Xitoyning Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining ishbilarmonlar kengashi o‘z biznes-forumini boshladi. 

Forumda Shanxay hamkorlik tashkiloti tarkibiga kiruvchi 8ta mamlakat Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi vakillari qatnashmoqda.

Foto: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

Forumning asosiy maqsadi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar o‘rtasida iqtisodni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Forum o‘zaro strategik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga bag‘ishlangan ikkita plenar sessiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar hududiy joylashuvidan kelib chiqib kichik biznesni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va mamlakatlarning iqtisodiyotida kichik biznesning rolini ko‘rib chiqdilar.  

Foto: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

«Bugungi kunda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning tadbirkorlik sub'yektlari O‘zbekistonning ko‘pgina yangi sanoat korxonalarida, neft va gaz, telekommunikatsiya, transport, to‘qimachilik, turizm, qurilish, kimyo va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. Biz ShHTga a'zo davlatlar bilan ko‘p qirrali savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga ustuvor ahamiyat beramiz.

Shu munosabat bilan biz «Bitta kamar, bitta yo‘l» konsepsiyasiga umid bog‘layapmiz, uning amalga oshirilishi bizning nuqtai nazarimizda mintaqada hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Bizning fikrimizcha, ushbu loyihani amalga oshirish iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, transport-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta'lim va madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Biz loyihaning bunday yo‘nalishlarini qo‘shma infratuzilma, sanoat investitsiyalari, resurslarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi qo‘llab-quvvatlaymiz», - dedi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov.

Foto: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

 Forum ShHT sammiti doirasida o‘tkazilmoqda. Bugungi kunda ShHT Ishbilarmonlar Kengashining majlisini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid