Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistondan mevalar xarid qilishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Xitoyning Sian shahri (Shensi provinsiyasi) Tijorat munitsipal byurosi bosh direktori Lyu Jenchjun boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi vakillari bilan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Xitoy va O‘zbekiston shaharlari hamda viloyatlarining «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbusi doirasida savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish, sanoat zonalarini yaratish, qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba almashish bo‘ldi.
Xitoy tomoni O‘zbekiston korxonalari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, ya'ni mevalarni yetkazib berish sohasida uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatishga katta qiziqish bildirdi.
Amaliy uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026