00:57 / 07.06.2018
62063

Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari bir kunda ishdan olinib, lavozimga qayta tayinlandi

Foto: uza.uz

Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari bir vaqtda lavozimdan ozod etilgan va shu vaqtning o‘zida Toshkent shahri hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qarori bilan o‘z tumanlariga hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib qayta tayinlangan.

Toshkent shahrida 11 tuman bo‘lib, shundan 10tasida hokimlarga ariza yozdirilgan, faqat Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oibnazarov bundan mustasno. U 2017 yilning dekabridan buyon tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlab kelmoqda.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, tumanlarda to‘rtta sektor boshliqlari (hokimdan tashqari bosh militsioner, bosh soliqchi va prokuror) ishdan olinib, vaqtincha v.b. sifatida lavozimda qoldirilgan.

Ayni vaqtda tumanlar rahbarlari:
Bektemir tumani - Shopo‘lat Shorahmatovich Asqarov (...)
Mirzo Ulug‘bek tumani - Shavkatbek Turdiyevich Irgashev (shu yilning aprelidan buyon)
Mirobod tumani - Shuhrat Abdujabborovich Po‘latov (2017 yil aprelidan buyon)
Olmazor tumani - Baxtiyor Sultonovich Rahmonov (shu yilning mayidan buyon)
Sergeli tumani -  Nozim Baxtiyorovich Husanov (shu yilning mayidan buyon)
Uchtepa tumani - Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuxamedov (shu yilning mayidan buyon)
Chilonzor tumani - Davron Abdulahatovich Hidoyatov (2017 yil aprelidan buyon)
Shayxontohur tumani -  Bahodir Rixsialiyevich G‘oibnazarov (2017 yil dekabridan buyon)
Yunusobod tumani - Baxtiyor Hasanovich Abdusamatov (2017 yil aprelidan buyon)
Yakkasaroy tumani - Sarvar Tashmatovich Mahametov (...)
Yashnobod tumani - Dilmurod Rahmatjonovich Turdiyev (2017 yil aprelidan buyon).

Top