Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Kim Chen Inni Singapurga kuzatib boruvchi qiruvchi samolyotlar taqdim qilishi mumkin
Xitoy Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Singapurdagi sammitga boradigan samolyotni kuzatib borishga qiruvchi samolyotlar jo‘natishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda South China Morning Post nashri ma'lum qildi.
Manbaning aytishicha, agar Xitoy Shimoliy Koreya yetakchisiga eskort taqdim qilsa, bu AQSh va Janubiy Koreyaga Xitoy Shimoliy Koreya hukumatini kuchli qo‘llab-quvvatlashidan ogohlantirish bo‘ladi.
“Mamlakat rahbarini qiruvchi samolyotlar bilan kuzatib borish harbiy-havo kuchlari ta'minlay oladigan xavfsizlikning eng yuqori darajasidir”, deb aytgan manba.
Nashrning ta'kidlashicha, Kim Chen In Singapurga boradigan aniq yo‘nalish ma'lum emas. Biroq mutaxassislarning fikricha, u sammitga Xitoy hududi orqali boradi, chunki bu unga yo‘lda maksimal xavfsizlikni ta'minlaydi. Shu bilan birga ta'kidlanishicha, uning Singapurdagi xavfsizligi uchun 34 tansoqchi javob beradi.
Avvalroq OAV Kim Chen In Singapurga yo‘lda yoki sammit vaqtida o‘ldirilishi mumkinligidan xavfsirayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:22
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026