Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati
2018 yil 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mahkama axborot xizmati xabar berdi.
Majlisda Respublika idoralararo komissiyasi a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Majlis davomida 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturida belgilangan tadbirlarning ijro etilishi doirasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek mazkur sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.
Qayd etilishicha, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi qisqa fursatlarda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning kamayishiga sabab bo‘lgan qator choralarning amalga oshirilishiga imkon berdi.
Jumladan, Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid 5 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to‘g‘risida”, “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Majlis davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent viloyati idoralararo komissiyasi raisining Davlat dasturida belgilangan vazifalarning Toshkent viloyatida ijro etilishi yuzasidan axboroti eshitildi.
Shu bilan birga, majlisda Davlat dasturi ijrosini ta'minlashda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi tanqid qilinib, tegishli davlat organlari va idoralari rahbarlarining tushuntirishlari eshitildi.
Majlis yakuni bo‘yicha korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish va aniqlash, ularning oqibatlari, sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, shuningdek Komissiya faoliyatini samarali tashkil etish qaratilgan aniq choralar belgilandi.
Mavzuga oid
20:42 / 31.12.2025
Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderi taqdim etiladi
18:46 / 31.12.2025
Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi
13:24 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Finlandiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
16:53 / 08.03.2025