O‘zbekiston | 20:42 / 31.12.2025
3339
2 daqiqa o‘qiladi

Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderi taqdim etiladi

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni mehnat faoliyatida ta’qib, tazyiq holatlaridan himoya qilish maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan himoya orderi taqdim etiladi.

Foto: iStock

“O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi 2026 yil 1 iyuldan sinov rejimida ishga tushiriladi.

Unda quyidagi imkoniyatlar bo‘ladi:

- Korrupsiyaning oldini olish klasteri ishtirokchilari o‘rtasida tezkor ma’lumot almashish;

- Dasturiy kompleksning “E-Komplaens” modulini ishga tushirish orqali korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini to‘liq raqamlashtirish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga (Agentlik) davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalariga tizim tashkilotlariga qonunbuzilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va ularni bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritish huquqi beriladi.

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni mehnat faoliyatida ta’qib, tazyiq holatlaridan himoya qilish maqsadida, Agentlik tomonidan himoya orderi taqdim etiladi.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid