Toshkent islom institutida azon aytish musobaqasi o‘tkazildi
Kecha Toshkent islom instituti asosiy binosida “Tahfizul-Qur'on” kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Najotga shoshilaylik” shiori ostida azon aytish musobaqasi tashkil qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Talabalarni azonning tarixi hamda uning talaffuzi, tarannumi, fiqhiy qoidalarini o‘zlashtirishga qiziqishlarini orttirish, shuningdek, azonni mahorat bilan aytish malakasini hosil qilish maqsadida tashkil qilingan ushbu tanlov ikki shart asosida o‘tkazildi.

Birinchi shart azonni mahorat bilan aytib berish. Xakamlar hay'ati ushbu shartda ishtirokchilarning ovoz, tarannum va to‘g‘ri talaffuz me'yorlarini baholab bordilar.

Ikkinchi shartda esa qatnashchilarning azonga doir fiqhiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Umumiy natijalarga ko‘ra, Abdulahad Mavlanov (1-o‘rin), Muhammad Mardanov (2-o‘rin), Muhammad Sodiq Ziyouddinov (3-o‘rin) g‘olib, deb topildi.
Musobaqa ishtirokchilari va g‘oliblari Vaqf xayriya jamoat fondining sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jumladan, tanlov g‘oliblarining egallagan o‘rniga qarab to‘lov-shartnoma mablag‘larining 1 000 000 so‘m, 500 000 so‘m va 300 000 miqdori to‘lab beriladigan bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Netanyahuga qarshi korrupsiya ayblovini olib tashlashga chaqirdi
Jahon | 07:40
-
Rossiya tashqi razvedka xizmati va MRB muloqotni davom ettirishga kelishib oldi
Jahon | 07:32
-
Isroil G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerida 1000 dan ortiq uyni vayron qildi
Jahon | 07:26
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025