Özbekistonda faoliyat yuritayotgan 2 mingdan ziyod masjidni oliy diniy ma'lumotga ega imom-xatiblar bilan ta'minlaş maqsadida Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutida Maxsus sirtqi bölim taşkil etildi. Bu haqda muslim.uz sayti xabar bergan.
Sirtqi bölimga Özbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi örta maxsus islom ta'lim muassasalarini tamomlagan, beş yil va undan ortiq muddat davomida Özbekiston musulmonlari idorasi tizimida masjidlarda imom-xatib vazifasida faoliyat olib borayotgan Özbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.
Abituriyentlar Qabul hay'atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Rektor nomiga ariza;
Örta maxsus islom bilim yurtini tugatganligi haqidagi hujjat (diplom)ning asl nusxasi;
086-U-şakl böyiça tibbiy ma'lumotnoma;
Pasport nusxasi (asli körsatiladi);
6 dona rangli fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);
Yaşaş joyidan ma'lumotnoma;
Mehnat daftarçasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan köçirma;
Abituriyent işlab turgan hudud (Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar, viloyatlar) böyiça Özbekiston musulmonlari idorasining vakilidan tavsiyanoma.
2017-2018 öquv yili uçun Maxsus sirtqi bölimga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qiliş 2017 yilning 2 oktabridan 10 oktabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Abituriyentlar örta maxsus islom bilim yurtlarining öquv dasturlari asosida fiqh, aqoid va arab tili fanlari böyiça oğzaki ijodiy imtihon topşiradi. Öqiş muddati 3 yil.
Murojaat uçun telefon raqamlari: 227-42-37, 240-03-58
Özbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati













