Jahon | 00:28 / 11.06.2018
11140
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada, YeI, Yaponiya va Meksika AQShga nisbatan javob choralari tayyorlamoqda

Foto: AP Photo / Susan Walsh

Kanada Yevropa ittifoqi, Yaponiya va Meksika bilan AQShning alyuminiy va po‘latga kiritgan bojlari borasida bir fikrga ega. Bu davlatlar AQShga nisbatan javob choralari tayyorlashmoqda, deb aytdi Kanada tashqi ishlar vaziri Xristya Friland.

Frilandning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, Kanada, YeI, Yaponiya va Meksika AQShning qarori yuzasidan Jahon savdo tashkilotiga shikoyat yo‘llashgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Kanadada G7 sammiti yakunlariga ko‘ra qabul qilingan yakuniy bayonotni qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan. Tramp bunday qaror Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning “AQSh bojlari haqoratomuz hisoblanishi” kabi bir qator gaplari sababli qabul qilinganini ma'lum qilgan. 

Biroq Tryudoning matbuot kotibi Kemeron Ahmad Kanada bosh vaziri AQShning po‘lat va alyuminiy importiga kiritgan bojlarini “haqoratomuz” deb aytmaganini ma'lum qilgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid