17:33 / 11.06.2018
4979

Norezidentlar hisobvaraqlariga ko‘proq “naqd” o‘tkazilishi mumkin

Foto: Depositphotos

Tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Xususan, jismoniy shaxslar-norezidentlar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan naqd chet el valyutasi ro‘yxati kengaytirildi. Endi bu:

• tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali kelib tushgan va berilgan;
• bankomat (terminal) cheki asosida hisobvaraq egasining bank kartasidan yechilgan;
• tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilganda O‘zbekiston hududida qonuniy asoslarda topilgan;
• tasdiqlovchi hujjatlar asosida bank hisobvarag‘idan yechilgan naqd chet el valyutasiga ham taalluqli.
 
Eslatib o‘tamiz, yuqorida keltirilganlardan tashqari jismoniy shaxslar-norezidentlar ilgarigidek:

• hisobvaraq egasi xorijdan olib kelgan va O‘zbekistonga olib kelish chog‘ida bojxona tomonidan ro‘yxatga olingan yoki hisobvaraq egasi uchun vakolatli bank nomiga qimmatli jo‘natma sifatida yuborgan naqd chet el valyutasi;
• O‘zbekistonga olib kelish chog‘ida bojxonada ro‘yxatga olinmagan, shu jumladan, bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish talab qilinmagan hollarda keltirilgan naqd chet el valyutasi. Eslatib o‘tamiz, yil boshidan boshlab ekvivalenti 2000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan summa olib kirishda deklaratsiyalanmaydi;
• xorijdan xorijiy hisobvaraq egasi nomiga pochta jo‘natmalarida yuborilgan naqd chet el valyutasini o‘z hisobvaraqlariga o‘tkazishga haqli.
 
Hujjat 7.06.2018 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Top