Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zavtosanoat” tizimida importni 10 foizga qisqartirish belgilangan
“O‘zavtosanoat” AJda tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali-seminar o‘tkazildi. Unda mamlakat avtomobilsozlik sanoati uchun zarur bo‘lgan va shu kungacha import qilib kelingan butlovchi qismlar namoyish etildi.
Asaka avtomobil zavodi o‘z faoliyatini 4ta mahalliy ta'minotchi korxonalardan keluvchi 12 xil butlovchi qismdan boshlagan bo‘lsa, hozirga kelib mahalliy ta'minotchilarning soni 100dan, ulardan keltirilayotgan butlovchi qismlar turlari esa 2,5 mingdan ortgan. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan Yo‘l xaritasida “O‘zavtosanoat” AJ tizimida importni 10%ga qisqartirish belgilangan.
Ko‘rgazmali seminarda so‘zga chiqqan kompaniya vakillarining ta'kidlaganidek, joriy yilning 9 mart kuni Asaka shahridagi GM Uzbekistan avtomobil zavodida ham 80 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirokida ko‘rgazmali-seminar o‘tkazilgan edi.
Tadbirda GM Uzbekistan avtomobil zavodining ushbu butlovchi qismlarga bo‘lgan yillik ehtiyoji, ko‘rgazmaga qo‘yilgan butlovchi qismlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun talab etiladigan mablag‘, hamda ishlab chiqarishda qaysi jihatlarga e'tibor qaratish lozimligi haqida ham aytib o‘tildi.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:59 / 26.05.2026
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
09:44 / 23.05.2026