Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda avtobus ishtirokida fojia, 17 kishi halok bo‘ldi
Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida yo‘lovchi avtobusining yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida kamida 17 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 12 inson jarohat oldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ichida yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus avtostradada ketayotgan paytida avtomobilni quvib o‘tishga harakat qilib, yo‘l to‘sig‘iga kelib urilgan. Shundan so‘ng avtobus ag‘darilib ketgani aytilmoqda.
Tezkor xizmatlar xabariga ko‘ra, avariya oqibatida 12 kishi jarohat oldi, ulardan uch nafari hozirda o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda. Ta'kidlanishicha, jarohat olganlar orasida avtobus haydovchisi ham bor. Kutilishicha, u yaqin vaqt ichida politsiyaga ko‘rsatmalar beradi, bu YTHga oid batafsil ma'lumotlarni oydinlashtirishi lozim.
Hozirgi vaqtda mahalliy ma'muriyat hodisani surishtiruvdan o‘tkazish bilan band.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda po‘rtana oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026