Jahon | 23:28 / 14.06.2018
26751
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyadagi fermada ikki tanali o‘rgimchaksimon qo‘zichoq dunyoga keldi

Foto: Pen News Limited

Avstraliyadagi fermada ikkita tanali, 8 ta tuyoqli va bitta boshli mutant qo‘zichoq dunyoga keldi. Bu haqda The Mirror nashri ma'lum qildi

Kenguru orolida yashovchi fermer Eshli Beyts uning qo‘ylaridan biri haddan uzoq ko‘zi yorayotganini aniqlagan. “Mavsum vaqtida qo‘ylarni ularga yordam kerak-kerakmasligini bilish uchun ko‘zdan kechirib boramiz. Agar ular bizda 5 mingtaligini hisobga olsak, bu oson ish emas, lekin shunda ham bu qo‘y bilan muammolar borligini payqash mumkin edi”, deb aytadi fermer.

Beyts qo‘zining boshini tortib olganda, u siam egizagi ekanini tushungan. “Bu kamdan-kam uchraydigan holatdir. Meni yoshim 65 da, undan 50 yilini fermada o‘tkazganman, biroq bunaqasini birinchi bor ko‘rishim”, deb ta'kidlab o‘tdi fermer. Qo‘zi o‘lik tug‘ilgan, biroq uning onasi yashab ketgan.

Fermer qo‘zini suratga olgach, biror bir yuqumli narsa yuqtirib olmaslik xavotirida undan tezda qutulgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid