Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston o‘z joniga qasd qilishlar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda 3-o‘rinni egalladi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘z joniga qasd qilishlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Biroq, bu hisobot 2016 yil uchun bo‘lib, unda mamlakatdagi o‘z joniga qasd qilish darajasi 100 ming kishiga 7,4tani tashkil etgan.
Birinchi o‘rinni Qozog‘iston egallab turibdi - 22,5, ikkinchi o‘rinni esa 8,3 ko‘rsatkich bilan Qirg‘iziston egalladi.
Turkmanistonda bu ko‘rsatkich 6,7ga, Tojikistonda esa 2,5ga teng.
Rossiya Federatsiyasi ancha yuqori ko‘rsatkichga ega - 31.
Agar qit'alar kesimida tahlil qilinsa, Yevropada o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha eng ko‘p holat Litva (31,9), Belarus (26,2) va Ukrainadadir (22,4).
Osiyo mamlakatlari orasida Janubiy Koreya (26,9), Yaponiya (18,5) va Hindiston (16,3) «yetakchilik qilmoqda».
Arab mamlakatlarida eng ko‘p joniga qasd qilish holatlari Yaman (8,5) va Qatarda (6,6) kuzatiladi.
Amerika qit'asida, xususan, AQShda bu ko‘rsatkich 15,3ga teng bo‘lgan. Biroq, o‘z joniga qasd qilishning eng ko‘p miqdori Gayana (29,2) va Surinamda (22,8) qayd etilgan.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
19:35 / 05.07.2026