Niqoblangan raketa şaxtalari, jamoaviy punktlar, maxfiy laboratoriya va yer osti bunkerlari - Yer şarida harbiy harakatlarning borişiga kuçli ta'sir ötkaza oluvçi taşqi tomondan körimsiz bölgan harbiy obektlar tarmoqlari talaygina. Bu obektlar haqida kitoblar yozişadi, fantastik filmlar suratga olişadi, kompyuter öyinlari ularga bağişlanadi, biroq u yerda aslida nima bölayotganini heç kim bilmaydi...
Area 51

AQŞning Nevada ştatidagi afsonaviy "Zona 51" harbiy-havo bazasi fantastik-jangari filmlarda bir neça marta namoyon bölgan. Bu yer haqida turli gap-sözlar tarqalgan: özga sayyoraliklar texnologiyalarining örganilişi, "uçar likopçalar" yaratilişi, butun insoniyatni yöq qila oluvçi jangari viruslar kultivatsiyasi, genetik tajribalar va h.k. Fitna nazariyalarning tarqalişi Pentagonni ba'zi tafsilotlarni oçişga majbur qildi.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, "Zona 51"da tajribaviy uçar qurilmalar va qurollaniş tizimlari işlab çiqilmoqda. Bu yerda Lockheed U2, A-12 va SR-71 kabi razvedka samolyotlari hamda maşhur "körinmas" F-117 Nighthawk samolyotlari sinovdan ötkazilgani ma'lum qilingan. Ularning fyuzelyaji uçburçak şakli tasodifiy guvohlarda noma'lum uçar jismlar (NUJ) bilan boğliq tajribalar yuritilayotganiga doir tasavvur uyğotgan bölişi mumkin. Ba'zi ma'lumotlarga köra, ayni damda "Zona 51"da SR-91 Aurora - öta maxfiy gipertovuşli strategik körinmas razvedka samolyoti ustida işlanmoqda. Amerika OAV xabar berişiça, bu samolyot soatiga 20 ming kilometrgaça tezlikni rivojlantiradi, biroq Pentagon hozirça bu xabarni tasdiqlamagan.
Guantanamo Bay

Guantanamo körfazi (Kuba)dagi Amerika harbiy-havo bazasi faoliyat yuritayotganiga 100 yildan oşdi. Uning maydoni - 117 kvadrat kilometr atrofida. Baza bandargohi 50 tagaça yirik kemani va hatto aviataşuvçilarni ham siğdira oladi. Quruqlikda 1,5 mingdan ziyod xizmat va turar-joy obektlari, mexanizatsiyalaşgan port, kema ta'mirlovçi ustaxonalar, suzuvçi dok, oziq-ovqat, öq-dori, yonilği-moylaş materiallari omborxonalari mavjud. Baza kontingenti - 10 mingga yaqin harbiy personal. Ular uçun barça qulayliklarga ega maxsus şaharça qurilgan.














