Fan-texnika | 23:42 / 18.06.2018
17313
1 daqiqa o‘qiladi

Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi

Twitter’da Golem ota taxallusi ostida qayd qilingan foydalanuvchi jadvallar bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Excel dasturining barcha – 17 mlrd 179 mln 869 ming 184 ta katagini to‘ldirib chiqdi. U buni amalga oshirish uchun 2 yil vaqt sarflagan.

Foto: twitter.com/Otets Golem

Foydalanuvchining aytishicha, u barcha kataklarni maxsus skript (dastur) qo‘llamagan holda qo‘lda to‘lg‘azib chiqqan. Foydalanuvchi buning uchun barcha ustunlar va qatorlarni raqamlab chiqqan, so‘ngra ularning qiymatlarini ko‘paytirib, mos katakka kiritgan. Xabarovsklik blogerning xabarda ma'lum qilishicha, u buni “shunchaki qiziqish” sababli amalga oshirgan.

Natijada u yaratgan fayl 200 megabaytdan kattaroq chiqqan va uni  ochish uchun naq 10 daqiqa kutish kerak bo‘ladi.

Excel dasturida hammasi bo‘lib 1048576 ta qator va 16384 ta ustun mavjud.

Mavzuga oid