Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi «Qişloq xöjaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi 149-sonli qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida Davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi tomonidan olib borilayotgan nazorat işlari yuzasidan quyidagilar ma'lum qilindi.

Moliya vazirligi tomonidan bugungi kunda davlat ehtiyojlariga paxta xom-aşyosini yetiştirişni moliyalaştiriş uçun 3,6 trln. söm va ğalla hosilini yetiştirişni moliyalaştiriş uçun 1,2 trln. söm, jami 4,8 trln. söm miqdorida imtiyozli kredit resurslarini «Agrobank» depozitiga joylaştirildi.

Şuningdek, Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasida yuzaga kelişi mumkin bölgan mablağlar taqçilligining oldini oliş uçun 400 mlrd. söm foizsiz byudjyet ssudasi ajratildi.

Uşbu mablağlar hisobidan fermerlar tomonidan paxta xom-aşyosi uçun 3,2 trln. söm, boşoqli don uçun 1,1 trln. söm sarflanib, fermer xöjaliklarining hisob raqamlarida paxta xom-aşyosi yetiştiriş uçun 383 mlrd. söm va boşoqli don uçun 101 mlrd. söm mablağlar mavjud.

Davlat ehtiyojlari uçun paxta va boşoqli don yetiştiruvçi fermer xöjaliklarining xarajatlarini kamaytiriş, yetiştirilgan hosildan olinadigan daromadlarini köpaytiriş böyiça quyidagi tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda:

1. Jamğarmaning 150 mlrd. söm resurs mablağlari yillik 5 foiz stavka bilan «Agrobank» depozitiga joylaştirilib, davlat xaridlari hajmidan ortiqça boşoqli don yetiştiruvçi fermer xöjaliklariga 77 mlrd. söm kreditlar ajratildi.

2. Agrobankka joylaştirilgan Jamğarma resurslari uçun foiz tölovi miqdorini 1 foizdan 0,5 foizgaça kamaytiriş evaziga Agrobank tomonidan fermerlarga ğalla uçun ajratilgan kreditlar foizi 22 foizdan 14 foizgaça kamaytirildi.

Şuningdek, fermer xöjaliklariga körsatilayotgan bank xizmati uçun «oylik abonent» va kreditlarni rasmiylaştirişda olinadigan xizmat haqi tölovlari bekor qilindi. Uşbu çora-tadbirlar natijasida 116 mlrd.söm fermerlarning ixtiyorida qöşimça ravişda qoladigan böldi. 

3. Fermer xöjaliklariga 2018 yil paxta va ğalla hosili uçun ajratilgan imtiyozli kreditlar hisobidan ta'minotçi korxonalar tomonidan eski yillardagi qarzdorliklari uçun uşlab qolingan 147 mlrd. söm fermer xöjaliklari foydasiga töliq qayta tiklandi.

4. Fermer xöjaliklariga qulaylik yaratiş maqsadida tölovlarni masofadan aloqa vositalari orqali onlayn tarzida ”Agrobank mobayl biznes” mobil ilovasi orqali amalga oşiriş imkoniyatini beruvçi maxsus dasturi işlab çiqilib, joriy etildi. Hozirgi kunda qariyb 20 mingdan ortiq fermer xöjaliklari banklarga kelmasdan, uşbu mobil dastur orqali tölovlarni amalga oşirmoqda.