Jahon | 14:49 / 19.06.2018
23876
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng keksa orangutan hayotdan ko‘z yumdi

Foto : Perth Zoo/Alex Asbury

Avstraliyaning Pertidagi hayvonot bog‘ida dunyodagi eng qari Sumatra orangutani - Puan 62 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.

«Qariya» nomiga ega bo‘lgan Puan sog‘lig‘idagi muammolar tufayli zaharlab o‘ldirildi.

2016 yilda 60 yoshli orangutan dunyoda o‘z turi bo‘yicha eng qari vakil sifatida rasman tan olindi. Shu bilan birga, yovvoyi tabiatda bu hayvonlar 50 yil ham yashamaydi.

Orangutan Pert hayvonot bog‘ida 1968 yildan beri yashagan. Bu vaqt davomida u 11 marotaba bolaladi.

Primatlar bo‘yicha mutaxassis Xolli Tompsonning aytishicha, Puan o‘z turi saqlab qolinishiga juda katta hissa qo‘shdi.

Sumatra orangutanlari yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Yovvoyi tabiat butunjahon fondi ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab bu turning taxminan 14600 vakili bor.

Mavzuga oid