Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Xalq ta'lim vazirligi hukumatning yangi qarori loyihasini joylashtirgani haqida avval xabar berilgan edi.
Qayd etish o‘rinliki, “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi nafaqat ushbu portalda balki ijtimoiy tarmoqlarda ham fuqarolar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda hamda maktab libosi borasida turli-tuman jo‘yali fikrlar bildirilishiga asos bo‘lmoqda.
Qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e'lon qilinganidan so‘ng, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif yoki e'tirozlarning aksariyati qaror loyihasining 9-bandiga, ayrimlari maktab formalari faqat “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan yetkazib berilishiga nisbatan bildirilgan.
Quyida fikr-mulohazalarning ayrimlarini e'tiboringizga havola qilamiz.










Bildirilgan ko‘p sonli izohlardan olingan ayrim iqtiboslar tugadi. Shu o‘rinda qayd etish kerak, mazkur maqola yozilayotgan vaqtda na O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, na Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, yoinki Adliya vazirligi vakillari keng muhokamaga sabab bo‘lgan qarorning 9-bandi bo‘yicha birorta fikr bildirmagan edi.

















