Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumati almashayotgan Ispaniya O‘zbekistonga 150 million yevro kredit ajratmoqchi
Foto: REUTERS
Ispaniya O‘zbekistonga 150 million yevro qiymatdagi strategik loyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli kredit liniyalarni ajratadi. Bu haqda Ispaniya Qirolligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ignasio Ibanesa 19 may kuni tashkil etilgan o‘zbek-ispan biznes forumida ma'lum qildi.
«Biz moliyaviy hamkorlikni amalga oshirish uchun qabul qilinajak memorandum ustida ish olib boryapmiz. Birinchi bosqichda O‘zbekistonga 150 million yevro qiymatdagi qishloq xo‘jaligi, sanoat va infratuzilmadagi strategik loyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli kredit liniyasi ajratilishi ko‘zda tutilgan», – deydi elchi.
Forumda ishtirok etgan Kun.uz muxbirining ta'kidlashicha, Ispaniyada yuz berayotgan siyosiy o‘zgarishlar, ya'ni hukumat almashinuvi jarayoniga qaramay, tez orada tomonlar iqtisodiy masalalar bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishi mumkin.
«Yangi munosabatlar tarixi boshlanishi bilan, biz O‘zbekistondagi olib borilayotgan islohotlarga Ispaniya hukumatining to‘liq ko‘magini taklif etamiz», – ta'kidlagan elchi.
Ispaniya iqtisodiyoti Yevroittifoqda beshinchi bo‘lib, uning turizm sanoati dunyoda yetakchilar qatorida tilga olinadi. Masalan, 2017 yilda bu davlatga 82 million sayyoh tashrif buyurgan. O‘tgan yili Moskva shahridagi Ispaniya bosh konsulligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida ham Shengen vizasini olishda ko‘mak beruvchi markaz ochilgandi.
Aynan shu sohalardagi yaqin hamkorlik va tajriba o‘rganish O‘zbekistonga ham foydali bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
20:46 / 30.04.2026
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Madridda 180 ta xonadonga egaligi ma’lum bo‘ldi
16:21 / 24.04.2026
Pentagon Eron bilan urushdagi ixtiloflar tufayli Ispaniyani NATOdan chetlatishni muhokama qilmoqda
14:21 / 23.04.2026
Qarzdorning kartasidan avtomatik pul yechilganda kamida 1,2 mln so‘m qolishi shart bo‘ldi
21:10 / 14.04.2026