
Microsoft kompaniyasining asosçilaridan biri, milliarder va filantrop Bill Geyts Reddit sayti foydalanuvçilarining savollariga javob bergan. U kelib çiqişi taqdiriga qanday ta'sir qilgani, qaysi texnologiyalar istibolli ekani va nima uçun kriptovalyutalarga işonmasligi haqida gapirgan. Biz Geytsning eng qiziq javoblarini e'tiboringizga havola etamiz.
Kelib çiqiş va töqçilik töğrisida
Mendagi ajoyib ta'lim juda katta yordam berdi: 6 yil davlat maktablaridagi ta'lim, undan keyin a'lo darajadagi xususiy maktab (Leyksayd). Agar kambağal oilada tuğilmaganimda, balki dasturlaş va matematikaga bunday qiziqişni rivojlantirmagan bölardim. Natijada bu kabi muvaffaqiyatga erişmasdim.
Karerani tanlaş haqida
Ilk marta 13 yoşimda kompyuterni kördim. U meni öziga jalb qildi. Dasturlaşni tuşunib olişga köp vaqt sarfladim. BASIC’dan boşladim va boşqa tillarni örgandim. 16 yoşimda TRW korporatsiyasida işlay boşladim. Şu tufayli maktabning sönggi yilining bir qismini qoldirişga töğri kelsa-da, u menga köproq narsa biliş imkonini berdi. Omadim – menga juda yoqqan narsa bilan şuğullandim va vaqt ötişi bilan u yanada muhim ahamiyat kasb etdi. Deyarli barça qobiliyatlarimga şubha bilan qarardim, biroq dasturlay olişimga doimo işonganman.

Microsoft’dagi iş haqida
Microsoft’da qilgan barça işlarimiz ortga surib bölmas harakatlarni talab etardi. Biz raqobatçilardan ilgarilab ketgandik va juda tez sur'atlarda işlardik. Hozir menga aynan şu yetişmaydi. Oldinga bir qadam taşlaş va köp muddatli trendlarni örganiş uçun yilda ikki marta “fikrlaş haftalari”ni taşkil etişimga töğri kelardi. Hozirda malyariya kabi muammo bilan şuğullanyapman va bu sohadagi raqobat yuqori bölişi hamda qarorlar tezroq qabul qilinişini istayman.
Bezgak bilan kuraşiş usullari haqida
Bezgak — fondimiz uçun juda muhim muammo. Bu kasallik oqibatida yuzaga keladigan ölim çivinlarga qarşi tör, sprey va yangi dorilardan foydalaniş sababli ikki marta kamaygan. Biroq kelajakda bizga yangi vositalar kerak böladi, çunki malyariya mavjud vositalarga moslaşadi. Bizda odamlarni uzoq himoya qiladigan vaksina yöq, biroq uni işlab çiqişga faol ravişda sarmoya qilyapmiz. Biz qanday vositalar samarali bölişini aniqlaş uçun köplab modellar yaratib, sinovdan ötkazyapmiz. Yangi usullardan biri gen drayvi. U odamlarni barça infeksiyalardan tozalaş oson bölişi uçun çivinlar köpayişini bir neça yilga qisqartiriş imkonini beradi. Bir neça yildan keyin bu uslub haqiqiy şaroitlarda sinov uçun tayyor böladi.














