Microsoft hammuassisi Bill Geyts jamiyat hozir sun’iy intellekt pufagi içida ekanini, bu holat dotkomlar pufagiga öxşaşini ta’kidladi. Bu haqda u CNBC telekanalining Squawk Box şousidagi çiqişi çoğida gapirdi. Şu bilan birga, u buni «sof spekulyatsiya» deb ataş mumkin emasligini qayd etdi.
U 1630-yillarda Niderlandiyada bölib ötgan «lola maniyasi»ni eslab ötdi. Öşa paytda lolalar narxi bir neça yil davomida oşib borgan, söng keskin tuşib ketgan. Geytsning aytişiça, sun’iy intellekt bilan vaziyat hozir bunday emas.
Milliarder fikriga köra, hozirgi holat 1990-yillar oxiri — 2000-yillar boşidagi dotkomlar pufagiga öxşab ketadi. Öşanda köplab internet-kompaniyalar haddan ziyod qimmat baholangan va bu katta hajmdagi qulaşlarga olib kelgan edi.
Geyts ta’kidlaşiça, natijada «juda muhim narsa sodir böldi. Dunyo mutlaqo boşqaça bölib qoldi». Biroq öşa paytda faqat ayrim kompaniyalargina muvaffaqiyat qozongan, boşqalari esa orqada qolib, «kapitalni yöq qilib yuborgan».
Microsoft hammuassisi köplab investitsiyalar özini oqlamasligini bildirdi. Şu bilan birga, u sun’iy intellektni öz hayoti davomidagi «eng yirik texnik yutuq» deb atadi. Uning sözlariga köra, sun’iy intellekt qadr-qimmati ulkan.
Milliarder qöşimça qilişiça, hozir sun’iy intellekt atrofida ajiotaj yuzaga kelgan. Unga köra, ayrim investitsiya qilgan kompaniyalar foyda köradi, boşqalar esa «juda qimmat elektr energiyasiga ega data-markazlarga pul tikib qöyadi».
Ma’lumot uçun, dotkom (dotcom) — aslida .com domeniga ega internet kompaniyalarini anglatadigan atama. 1990-yillar oxirida AQŞda internet kompaniyalariga haddan taşqari qiziqiş bölgan. Ularning hammasi şartli ravişda «dotkom-kompaniyalar» deb atay boşlangan. Şu davrda bozordagi haddan taşqari qimmatlaşiş va keyin keskin qulaş – dotcom bubble (dotkom pufagi) deb ataladi. Şuning uçun: «dotkom-kompaniyalar» – asosiy faoliyati internetda bölgan firmalar, «dotkom pufagi» – aynan şu kompaniyalar atrofidagi spekulyatsiya va keyingi inqirozni anglatadi.












